Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roberto Karlos Hindistonning «Mumbay Siti» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
Hindiston superligasi vakili hisoblanadigan «Mumbay Siti» jamoasi «Deli Dinamos»da ishlab turgan braziliyalik mutaxassis, braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos bilan muzokaraga kirishdi. Bu haqda mahalliy The Times nashri xabar tarqatgan.
«Mumbay Siti» jamoasi rahbariyati uni yangi bosh murabbiy sifatida ko‘rmoqda. Manbaning yozishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Karlos bu lavozim uchun asosiy nomzod ekani aytilmoqda.
«Mumbay Siti» yangi murabbiy nomini 2016 yilning 1 iyulida e'lon qilishi kutilmoqda.
Bundan oldinroq, Roberto Karlos o‘zining sobiq jamoasi «Real»ning Osiyodagi vakili (elchi) bo‘lishi haqida xabarlar berilgandi.
Bundan tashqari, u madridliklarning yoshlar jamoalaridan biriga rahbarlik qilishi hamda bosh murabbiy Zinedin Zidanga yordam berishi haqida aytilgandi. Lekin u hali UYeFAdan maxsus litsenziya olmagan.
Roberto Karlos «Real» murabbiylar shtabida Zidanga yordamchilik qilishi mumkin