O‘zbekiston | 16:28 / 21.01.2016
7186
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Nukus ko‘chasida joylashgan ayrim turar va noturar binolar buzilishi mumkin

Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra, Nukus ko‘chasidagi ba'zi turar joy va noturar imoratlari buziladi, ushbu joylar esa obodonlashtiriladi.

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 12 yanvardagi qaroriga binoan, Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasidagi turar va noturar binolarni buzishga va u yerda obodonlashtirish ishlarini olib borishga ruhsat berildi.

Bu haqda hokimiyat tomonidan UZ24 nashriga taqdim etgan hujjatda ma'lum qilingan. Tasdiqlangan ish rejasi hozircha OAVga taqdim etilmagan.