Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentlik piroman notanish odamning mashinasini yoqib yubordi
Toshkent shahrida Oybek ismli shaxs notanish kishining mashinasiga o‘t qo‘yishda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Oxunjon ismli kishi qizil rangli “VAZ-2103” rusumli mashinani kechki payt ochiq qoldirib ketgan. Tungi payt Oybek buni payqab, mashinaning salonida gugurt chaqib yuborgan, natijada mashina ichi o‘t olgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jinoyatchi qo‘lga olingan. Surishtiruv davomida u jabrlanuvchiga 18.296 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Tergov davom etmoqda.