Sport | 18:36 / 21.01.2016
6511
1 daqiqa o‘qiladi

«Zenit»ning sobiq futbolchisi rafiqasini o‘ldirgani uchun 10 yilga qamaldi

«Zenit»ning sobiq futbolchisi Vladimir Dolgopolov o‘z xotini o‘limida aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sankt-Peterburg shahri, Frunze tumani sudi chiqargan hukmda ma'lum qilinishicha, unga 10 yillik qat'iy tartibdagi qamoq jazosi tayinlangan.

Sobiq sportchining advokatlari keyingi 2 oy ichida ushbu hukm ustidan shikoyat bilan murojaat qilishlari haqida aytishgan.

Ma'lum qilinishicha, 2014 yilning sentabrida Vladimir Dolgopolov mast holatda xotiniga kuch ishlatishi tufayli u olamdan o‘tgandi.

Dolgopolov Sobiq Ittifoq davrida "Zenit" bilan chempion bo‘lgandi. U 2007-2009 yillarda jamoada muxlislar bilan ishlash bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan. 2009 yildan esa faxriylar bilan ishlash bo‘yicha menejyerga aylangandi.