Jahon | 17:23 / 22.01.2016
4411
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri zamonaviy G‘arb dunyosini global “Titanik”ka o‘xshatdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri G‘arb dunyosini global “Titanik”ka qiyosladi, deya xabar bermoqda RNS.

U terroristik hujumlar, halok bo‘layotgan qochqinlar, haqiqiy hayot haqida o‘ylamaydigan terroristlar haqidagi yangiliklarni ko‘rganida hamma narsani yo‘q qiladigan odamlar borligini tushunib yetishini aytib o‘tdi.

“Ayrimlarning o‘ylashicha, biz siz bilan inqirozdamiz. Bizni yangi mezonlarni qabul qilishga majbur bo‘ladimikan, deya qarab turishadi. Agar shunday bo‘lsa, davlat kotiblari, prezidentlar va bosh vazirlarning bo‘lishi foydasizku. Barchamiz global “Titanik”da cho‘kib ketamiz. Biroq bu darajaga borishimizga ishonmayman. Biz yangi mezonlarga ishonmaymiz va bunday qismat asirlari bo‘lmasligimiz kerak”, - dedi Kerri Davosdagi forumda.