Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serxio Aguero: Men Messiga Manchester shahrining ajoyib tomonlari haqida so‘zlab berdim
«Manchester Siti» jamoasi hujumchisi Serxio Aguero o‘zining Argentina terma jamoasidagi sherigi Lionel Messiga Angliya hayoti haqida gapirib bergan.
"Messi Manchesterda plyajlar yo‘qligini biladi. Men unga bo‘sh vaqtning asosiy qismini uyda o‘tkazishimiz haqida aytdim.
Angliyada har 3 kunda o‘yin bo‘ladi. Bu o‘yinlar oralig‘ida faqat ovqatlanish hamda uxlashdan ortmaymiz. Shuning uchun, ob-havoning qanday bo‘lishi u qadar ahamiyatga ega emas.
Men Leoga Manchester shunchaki ajoyib shahar ekani haqida so‘zlab berdim. Bu yerda kunni uydan chiqmagan holda o‘tkazish, har 3 kunda o‘yinlarda qatnashish va kechalari uchrashib, birgalikda mate ichib, futbol o‘ynashimiz mumkinligi to‘g‘risida aytdim", deydi Aguero.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq «Manchester Siti» Messini sotib olishga harakat qilishi haqida xabar berilgandi.