Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahzoda Ali FIFA prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qilishiga ishonmoqda
FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biri, Iordaniya shahzodasi Ali ibn al-Husayn AR nashriga bergan intervyusida saylovlar haqqoniy o‘tsa, albatta o‘zi g‘olib chiqishi haqida aytgan.
"Men ishonamanki, agar saylov belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkazilsa, albatta g‘alaba qozonaman. FIFA ayni vaqtda inqioz holatida turibdi. Biz bu vaziyatni tuzatishimiz kerak. Dunyo futbolida ko‘plab yaxshi odamlar ham bor. Lekin FIFAga bu sohani yaxshi tushunadigan, bu vaziyatdan chiqish uchun nima choralar ko‘rishni aniq biladigan rahbar kerak. Men o‘zimni bu ishlarni amalga oshira oladigan yagona nomzod sifatida ko‘rmoqdaman", deyid shahzoda.
FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun saylov Tsyurix shahrida 26 fevral kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun Infantinodan tashqari shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, FIFAning sobiq bosh kotibi Jyerom Shampan va janubiy afrikalik millioner Tokio Seksvale kurash olib borishmoqda.
Rossiya Infantinoni FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlaydi