Sport | 15:55 / 25.01.2016
3640
2 daqiqa o‘qiladi

Laborde: Futbol meni jinoyatchi bo‘lib ketishdan saqlab qolgan

Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi legioneri, kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi Rikardo Laborde o‘zining baxtsiz o‘tgan bolaligini eslab, yelkasidagi tatuirovka ma'nosini ham anglatib o‘tdi.

"Juda qashshoq oilada tug‘ilganman. Biz yashagan kvartalda jinoyatchilik avj olgandi. Deyarli barcha giyohvand moddalar savdosiga aloqador edi. Men uchun u davrlarni eslash og‘ir. Chunki, men ham u vaqtda ko‘p yomon ishlar qilishga majbur bo‘lganman. O‘sha yoshda ko‘p narsaga aqlim yetmasdi va "yomon bolalar"ga qo‘shilib qolgandim. Mendan foydalanishardi. Hattoki, yomon ish qilsam, o‘zimni zo‘r va kuchlidek his qilardim.

Hozir men o‘sha o‘tmishimdan uyalaman. Lekin u davrni unutib bo‘lmaydi. Barcha tanishlarim buni eslatib turishadi. Men ular bilan uchrashganimda qo‘llarini qattiq siqaman.

Tatuirovkam oilamni, do‘stlarimni, futbolni va Xudoni ifodalaydi. Ular meni yomon hayot kechirishdan saqlab qolishgan. Ayniqsa, onam va futbol meni qutqargan", deydi kolumbiyalik futbolchsi «Sport-Ekspress» nashriga.