Sport | 10:12 / 26.01.2016
2557
2 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» FIFA taqiqiga qarshi apellyatsiya berdi

«Atletiko» klubi FIFAning voyaga yetmagan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganlikda ayblab, transferlar bo‘yicha qo‘ygan taqiqiga apellyatsiya berdi. Bu haqda madridliklarning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

«Bizning klub FIFAga apellyatsiya yo‘lladi, chunki biz bu qarorga rozi emasmiz. Biz hisoblaymizki, barcha sohadagi harakatlarimiz qonun doirasida amalga oshirilgan.

Shuningdek, apellyatsiyada ish to‘liq ko‘rib chiqilgunga qadar jazo to‘xtatib turilishi ham so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 14 yanvar kuni Ispaniyaning «Real» va «Atletiko» jamoalariga keyingi 2 transfer oyi vaqtida (2016 yilning yozi hamda 2017 yilning qishidagi) yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi. Bundan tashqari jamoalarga mos ravishda 900 ming hamda 360 ming frankdan jarima solingan.

FIFA «Real» va «Atletiko»ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi

«Real» FIFAning qarorini mutlaqo adolatsiz deb hisobladi

FIFA «Valensiya» va «Vilyarreal» klublarini ham voyadan yetmagan o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganlikda ayblab, jazolashi mumkin

FIFA ingliz jamoalariga ham taqiq qo‘llashi mumkin