Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jirkov «Zenit» bilan 2 yillik shartnoma tuzdi
Rossiyaning «Zenit» klubi Moskaning «Dinamo» klubi yarimhimoyachisi Yuriy Jirkov bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda piterliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Agar tomonlar muddatidan oldin futbolchini ko‘chib o‘tishi bo‘yicha kelishishmasa, 32 yoshli Rossiya terma jamoasi futbolchisi Sankt-Peterburg klubi safiga 2016 yilning 1 iyulida erkin agent sifatida qo‘shiladi.
Jirkovning «Zenit» bilan tuzgan shartnomasi ikki yilga mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Jirkov joriy mavsumda «Dinamo» safida 16 uchrashuvda maydonga tushib 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.