Sport | 09:07 / 26.01.2016
5188
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» 5 yoshli futbolchi uchun raqobatlashmoqda

Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari «Manchester Siti» akademiyasida shug‘ullanadigan 5 yoshli futbolchi Lyuis Taunc uchun kurash boshladi. Bu haqda 25 yanvar kuni Manchester Evening News xabar yozgan.

Tanus «Manchester Yunayted» jamoasi muxlisi ekani aytilmoqda. Ayni vaqtda bu bolakayni qo‘lga kiritish uchun Angliyadagi bir qator jamoalarning skautlari ish olib borishmoqda. Bunday jamoalar sirasida «MYu», «Liverpul» va «Everton» nomlari bor.

Ayni vaqtda bu bola o‘zidan 2 yosh kattalar bilan «Manchester Siti» akademiyasida shug‘ullanmoqda.

Uning otasi Tauns bilan u hali 1,5 yoshdaligidayoq futbol o‘ynashni boshlagani aytilmoqda. Taunsning buvasi o‘z nabirasi ingliz jamoalaridan biriga o‘tishi uchun 50 funt tikkan. Agar uning niyati amalga oshsa, u 150 ming funt yutib oladi.