Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» van Gaal bilan uning iste'fosi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal 23 yanvar kuni, Angliya premer-ligasining 23 turida «Sautgempton»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:1) keyin iste'fo so‘ragan. Bu haqda The Guardian nashri yozdi.
Manbaning yozishicha, manchesterliklarning vitse-prezidenti Ed Vudvord gollandiyalik mutaxassis bilan uchrashgan va uning kelajagi bo‘yicha muhokama o‘tkazgan. U van Gaalga bu qarori haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishni hamda buni oilasi bilan muhokama qilib olishni maslahat bergan.
Bundan oldinroq, OAVda van Gaalning o‘rniga Joze Mourino kelishi haqida xabarlar tarqaldi.
«Manchester Yunayted» APLning oxirgi 10 ta uchrashuvida atigi 2ta g‘alaba qayd etib, 4ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan va 4ta o‘yinda durang o‘ynagan. «Sautgempton»dan uchralgan mag‘lubiyat tufayli jamoa 37 ochko bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda va birinchi o‘rindagi «Lester» bilan oradagi farq 10ta ochkoni tashkil etmoqda.
Van Gaal «Manchester Yunayted» bilan 2014 yilning yozida, Gollandiya termasidagi faoliyati yakunlangach shartnoma tuzgandi. Bundan oldin ushbu mutaxassis «Ayaks», «Barselona» va «Bavariya» kabi jamoalarda muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritgandi.
Mourino esa 2015 yilning 17 dekabr kunida, mavsumning birinchi davrasini o‘ta omadsiz o‘tkazganidan keyin «Chelsi» bosh murabbiyligidan ozod etilgan.
«MYu» rahbariyati Mourinoni jamoaga taklif etish uchun muzokara o‘tkazmoqda
Mourino «Manchester Yunayted» rahbariyatiga 6 sahifali maktub yo‘lladi