Sport | 08:51 / 26.01.2016
3310
2 daqiqa o‘qiladi

Sharapova Australian Open turniri chorak finalida Serena Uilyamsga yutqazdi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Melburn shahrida davom etayotgan Australian Open turnirining chorak finalida o‘zining prinsipial raqibi, amerikalik Serena Uilyamsga yutqazdi.

Dunyoning beshinchi raqamli tennischisi bo‘lib turgan Rossiya vakili dunyoning birinchi raketkasi hisoblanadigan Serena Uilyamsga 1 soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda 4:6 va 1:6 hisoblarida yutqazgach, o‘zaro bahslardagi ko‘rsatkich 2:19 ko‘rinishiga keldi. Sharapova Uilyamsni "Katta dubulg‘a" turkumidagi turnirlar doirasida 2004 yilda Londondagi Uimbldon va Los-Anjyelesdagi AQSh ochiq chempionatlarida mag‘lub eta olgan.

Tennis. Australian Open. Ayollar. 1/4 final. Melburn (Avstraliya)
Mariya Sharapova (Rossiya, 5) — Serena Uilyams (SShA, 1) — 4:6, 1:6

Endi yarim finalda Uilyams polshalik Agneshka Radvanska bilan uchrashadi. Polsha vakili chorak finalda ispaniyalik Karla Suares-Navarroni 6:1, 6:3 hisoblarida yenggan.

Australian Open —«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi dastlabki musobaqa bo‘lib, 18-31 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 30 million dollarni tashkil qiladi.

Australian Open turniri chorak finalida Mariya Sharapova Serena Uilyamsga qarshi o‘ynaydi