Iqtisodiyot | 11:53 / 27.01.2016
3332
1 daqiqa o‘qiladi

Kia Motors`ning 2015 yildagi sof foydasi 12,1 foizga kamaydi

Janubiy Koreyaning Kia Motors kompaniyasi 2015 yilning to‘rtinchi choragida ko‘rgan sof foydasi hajmi 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,2 foizga qisqarib, 430,8 mlrd von ($359 mln)ni tashkil etdi. Bir yil avval esa kompaniya ko‘rgan sof daromad 436,2 mlrd von ($363,3 mln) bo‘lgan. Bu haqda kompaniya 27 yanvar kuni tarqatgan ma'lumotga tayanib TASS xabar qilmoqda.

Bunda Kia Motors`ning operatsion daromadi hisobot davri davomida 2,8 foiz, ya'ni 514,4 mlrd von ($429 mln)gacha oshdi. Savdolar hajmi ham to‘rtinchi chorakda 9,3 foiz yoki 12,8 trln von ($10,6 mlrd)ga ko‘paydi.

Biroq 2015 yil davomida avtogigantning sof daromadi 2014 yilga nisbatan 12,1 foizga kamayib, 2,63 trln von ($2,19 mlrd)ni tashkil etdi. Operatsion daromad esa 8,5 foiz - 2,34 mlrd von ($1,95 mlrd)gacha qisqardi. Kompaniya buni qattiq raqobat muhitida marketing xarajatlarining ortishi bilan izohladi.