Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike: Inestaning haqorat qilinishi - futbolchiga nisbatan zo‘ravonlik qilishga teng
"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Atletik"ka qarshi mamlakat kubogi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida mahalliy muxlislarning kataloniyaliklar futbolchisi Andres Inestaga qarshi haqoratli so‘zlar ishlatib, uni "aqli zaif" deb ataganiga munosabat bildirdi.
"Men bu vaziyatni chalkashtirishni istamayman. Men tushunaman, muxlislar o‘z hissiyotlarini tiyishi qiyin, lekin futbolchiga bunday so‘zlar aytish zo‘ravonlikdir. Agar ular meni tanqid qilishganida, bunday munoasabat bilan chiqmas edim", deydi murabbiy Marca nashriga.
Bundan oldinroq, Ispaniya professional futbol ligasi zo‘ravonlikka qarshi kurash davlat qo‘mitasiga ushbu holat bo‘yicha hisobot yuborgani ma'lum qilingandi.