Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Australian Open. Jo‘rabek Karimov turnirning yarim finaliga chiqdi
28 yanvar kuni Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston vakili Jo‘rabek Karimov yarim finalga yo‘llanma oldi. Turnirda yettinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek chorak final bahsida yaponiyalik Yosuki Vatanukini 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
Turnirda 13-raqam ostida tasniflangan yapon tennischisi uchinchi davrada musobaqaning ikkinchi raketkasi serbiyalik Miomir Kezmanovichni bahslardan chiqarib yuborgandi.
Jo‘rabek Karimovning yarim finaldagi raqibi avstraliyalik Aleks De Minaur bo‘ladi. Musobaqada oltinchi raqam ostida harakat qilayotgan Minaur chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi gretsiyalik Stefanos Tsitsipasni 6:7, 7:5, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov ilk davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinchi bosqichda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4, uchinchi davrada esa koreyalik Chang-Yon Oxni 6:4, 6:2 hisobida dog‘da qoldirgan edi.
Ma'lumot uchun, Jo‘rabek Karimov o‘tgan yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida ham yarim finalga qadar yetib kelgandi.
Australian Open. Jo‘rabek Karimov chempionatning chorak finaliga chiqdi