Sport | 11:51 / 29.01.2016
3334
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston vakillarini 11:2 hisobida mag‘lub etdi

28 yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 27 yanvar kuni bu jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashgan edi. Ikkinchi o‘yinda esa o‘zbekistonliklar yirik, 11:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan. Bu haqda ufa.uz xabar bergan.

Endi Xose Mariya Mendez shogirdlari 1 fevral kuni Vetnam terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Osiyo chempionatida qatnashadigan bu jamoa 28 fevral kuni Toshkentga yetib keldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
“O‘zbekiston” sport majmuasi. 28.01.2016
TOJIKISTON – O‘ZBeKISTON 2:11
Hakamlar: Umid Po‘latov, Iskandar Zoitov, Ilhom Abdulakov
Xronometrajchi: Sultanmurad Abdurahmonov
Gollar: Dilshod Irsaliyev 5, - 0:1. Farhod Abdumavlonov 8, - 0:2. Dilshod Salomov 8, - 1:2. Artur Yunusov 9, - 1:3. Rahmonali Sharipov 14, - 2:3. Konstantin Sviridov 20, - 2:4. Fayzali Rahmonov 25 avtogol, 2:5. Farhod Abdumavlonov 28, - 2:6. Dilshod Rahmatov 32, - 2:7. Farhod Abdumavlonov 32, - 2:8. Farhod Abdumavlonov 37, - 2:9. Konstantin Sviridov 40, - 2:10. Andrey Shlyoma 40, - 2:11.

Tojikiston. Birinchi beshlik: 1.Firuz Bekmurodov, 10.Mansur Mametbabayev, 13.Shavqat Halimov, 14.Dilshod Salomov, 11.Mehrubon Tillozoda.

Zaxira: 2.Murodullo Alikulov, 3.Firuz Yusufzoda, 4.Sobir Gulyakov, 5.Rahmonali Sharipov, 6.Nekruz Alimahmadov, 7.Muhammad Rahmonov, 8.Arsen Farmonbekov, 9.Fayzali Sardorov, 12.Akbar Ortuqov.

O‘zbekiston. Birinchi beshlik: 12.Klim Tyugayev, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov.

Zaxira: 1.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliyev, 3.Nodir Eliboyev, 4.Feruz Faxriddinov, 5.Davron Choriyev, 9.Andrey Shlema, 10.Jamoliddin Sharipov, 15.Javlon Anorov.