Sport | 16:21 / 29.01.2016
3792
1 daqiqa o‘qiladi

Maksim Shatskix faoliyatini MLS`da davom ettirishga umid qilmoqda

Kiyevning "Dinamo" jamoasida o‘zining yulduzli davrlarini o‘tkazgan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix kelajakdagi rejalari xususida gapirib o‘tdi.

U 2015 yilning yozida Vinnik shahrining havaskor maqomidagi "Rux" jamoasi bilan shartnoma imzolagandi. Kelishuvning muddati dekabrda yakuniga yetgan.

"Hali ham kuchim borligiga ishonaman, shuning uchun o‘zimga ish qidiryapman. Shuni aytishim mumkinki, Ukrainada o‘ynashni to‘xtataman. Hozirda Osiyo chempionatlaridan biriga yoki Amerikaga ketmoqchiman. Balki, omadim yurishib, MLS`da o‘ynarman", - deydi Shatskix "Komanda" gazetasiga bergan intervyusida.

Maksim Shatskix "Navbahor"ga o‘tishi mumkin