Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:06 / 31.01.2016
3653
1 daqiqa o‘qiladi
Jokovich oltinchi bor Australian Open g‘olibiga aylandi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliya ochiq chempionatining finalida britaniyalik raqibi Endi Marrey ustidan g‘alaba qozonib, 2016 yilgi turnir g‘olibiga aylandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Final uch set davom etdi, hisob – 6:1, 7:5, 7:6. O‘yin 2 soat 52 daqiqa davom etdi.
Australian Open’ning ayollar o‘rtasidagi g‘olibasi, germaniyalik Anjyelika Kerber amerikalik mashhur raketka Serena Uilyams ustidan g‘alaba qozongan edi.
Jokovich oltinchi marta ushbu turnirda birinchi o‘rinni olishi.