Fan-texnika | 23:54 / 22.02.2016
3459
2 daqiqa o‘qiladi

Huawei kompaniyasi klaviatura ulash mumkin bo‘lgan MateBook planshet-transformerni namoyish qildi

Huawei kompaniyasi Barselonada bo‘lib o‘tayotgan Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasida o‘zining yangi qurilmasi MateBook planshet-transformerini taqdim qildi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, noutbuklar sinfi yo‘q bo‘lib ketmoqda, kelajak esa MateBook kabi universal qurilmalar ortida.

Huawei’ning yangi qurilmasi o‘zidan Windows 10 operatsion tizimida ishlovchi 12 dyuymli planshetni namoyon qiladi, biroq aksessuarlari evaziga noutbukka o‘xshash qurilmaga aylantirilishi mumkin. Foydalanuvchi ishlashda noqulaylik sezmasligi uchun Huawei 150 yevroga g‘ilof-klaviatura, 100 yevroga planshetga printer va proyektorlar ulashga imkon beruvchi maxsus MateDock adapterini hamda 70 yevroga ichki o‘rnatilgan lazer ko‘rsatgichiga ega stilusni taklif qilmoqda. Qurilmaning to‘liq komplektatsiyasi 2120 yevroga aylanishi mumkin.

Qurilma Intel Core M protsessori negizida ishlaydi, 4 yoki 8 Gb gacha tezkor xotira va 128 Gbdan 512 Gbgacha ichki xotiraga ega bo‘lishi mumkin. Planshet stereodinamiklar, barmoq izlari skaneri va 2160 x 1440 pikselli 12 dyuymli ekranga ega. Qurilmaning qalinligi iPhone 6’niki kabi 6,9 mm ni tashkil qiladi.

Huawei MateBook katta ekranga egaligiga qaramasdan, yetarlicha kamtar bo‘lgan 4430 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Kompaniyaning ta'kidlashicha, akkumulyator quvvati video ko‘rsatish rejimida 9 soat va oddiy rejimda 13 soat ishlashga mo‘ljallangan.

Qurilma 2016 yilning oxirida sotuvga chiqariladi hamda 699 dollardan 1599 dollargacha narxda sotiladi.