Fan-texnika | 20:15 / 26.02.2016
3379
1 daqiqa o‘qiladi

YouTube’da ma'lum bir obektni to‘sish imkoni paydo bo‘ldi

YouTube sayti videodagi istalgan obektni to‘sib qo‘yishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda videoxosting blogida ma'lum qilindi.

Yangi funksiya yordamida foydalanuvchilar o‘z videoroliklarida biror inson, avtomobil nomeri va boshqa obektlarni xiralashtirishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun Enhancements bo‘limiga kirib,  Blurring Effects qatoridan Custom Blurring tanlanadi.

Shundan so‘ng kerakli obekt tanlanadi va u rolik davomida to‘rtburchak shaklda obektni xira ko‘rinishda namoyish qiladi. Shuningdek, “blur” effektini videoning ma'lum bir qismiga qadab qo‘yish ham mumkin va u rolik davomida joyini o‘zgartirmaydi.

Ma'lumot uchun, aslida bu funksiya 2012 yilda paydo bo‘lgan edi, biroq undan faqatgina insonlarning yuzini to‘sishda ishlatish mumkin edi.