Jahon | 15:25 / 06.03.2016
3690
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevning matbuot kotibi o‘z prezidentining “Makdonalds”ga borganini izohladi

Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarboyevning matbuot kotibi Dauren Abayev prezident tezkor ovqatlar tayyorlanadigan restoran McDonald's restoraniga tashrif uyushtirgani haqidagi xabarga izoh berdi.

"Bu aholini fastfud bilan ovqatlanishga targ‘ib etish emas, xorijlik sarmoyadorlarga mablag‘larini Qozog‘istonga investitsiya qilishlariga da'vatdir", deya uning so‘zlarini keltiradi “Interfaks”.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, bu tashrifda qozog‘istonliklarning manfaati ham yotibdi. Chunki ushbu tezkor ovqatlanish tarmog‘i kelgusini o‘rtacha 20 ming nafar fuqaroni ish bilan ta'minlaydi, restoran ovqatlari esa 70-80 foiz mahalliy mahsulotlardan tayyorlanadi.

Nazarboyev Qozog‘istondagi birinchi “Makdonalds”ga tashrif buyurdi