Jahon | 22:19 / 24.03.2016
2405
2 daqiqa o‘qiladi

AliExpress “Bepul” deb nomlanuvchi bo‘limni ishga tushirdi

AliExpress elektron savdo maydoni “Xalyava” (“Bepul”) bo‘limini ishga tushirdi. Unda tovarlar 0.01 dollar qiymatida sotiladi. Bu haqida kompaniya press-relizida xabar qilindi.

“Xalyava” bo‘limida xitoyning taniqli brendlari - XiaoMi, Lenovo, Povos, Kiki, Haier, Bluedio, EverPretty va boshqa brend mahsulotlari taqdim etilgan.

Xaridor tovarni sotib olish uchun avval ariza qoldirishi kerak. Agar ariza qabul qilinsa, sayt foydalanuvchisi 0.01 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. To‘lov amalga oshirilib, xaridor mahsulotni qabul qilgach, uni tekshirib ko‘rishi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashishi kerak.

Arizalarni tasdiqlash jarayoni maxsus algoritm yordamida quyidagi ma'lumotlarni hisobga olgan holda amalga oshadi: foydalanuvchilarning dasturda faolligi, boshqa bo‘limlardagi buyurtmalar chastotasi, ma'lum bir vaqt ichidagi buyurtmalar soni, shuningdek, vaqti-vaqti bilan qoldirilgan ijobiy fikrlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faol ishtirok.