Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mamlakatlar o‘rtasidagi g‘aroyib chegaralar bilan tanishing
Davlatlar o‘rtasidagi chegaralar doim ham ustun yoki to‘siqlar bilan ajratilavermaydi. Ba'zida chegaralarni trotuar bo‘ylab tushgan ramziy chiziqlar yoki kichik yo‘l belgilari bilan farqlab olish mumkin.
Shunday chegaralar ham borki, ularni ona tabiatning o‘zi ajratib qo‘ygan.
Ushbu suratlarda o‘z mamlakatlari hududini turlicha ajratib ko‘rsatishga harakat qilingan.
Fransiya — Germaniya

Ikki mamlakat o‘rtasidagi g‘aroyib o‘rmon
Vetnam — Xitoy

Detyan sharsharasi ikki mamlakat o‘rtasida joylashgan dunyodagi eng katta va go‘zal sharsharalardan biri sanaladi
Shveytsariya — Italiya

Oppoq qorli chegara
Ruminiya — Bolgariya

Tabiat qo‘li bilan chizilgan chegara
Germaniya — Avstriya

Tog‘li chegara
AQSh — Meksika

AQSh (chap) va Meksika (o‘ng) chegarasidagi voleybol o‘yini
Tailand — Laos — Myanma

Mamlakatlar o‘rtasidagi «oltin» uchburchak
Gaiti va Dominikan Respublikasi

Argentina — Braziliya

Iguasu sharsharasi argentina va Braziliya milliy bog‘larining chegara qismida joylashgan.
Ispaniya — Portugaliya

Mana shunday osma yo‘li ikki mamlakatni birlashtirib turadi.
Litva — Latviya

Davlatlar o‘rtasidagi tuganmas go‘zallik
Germaniya — Chexiya

Bu uychaning bir qismi Chexiyada saqlanib qolgan, qolgan qismi esa Germaniya hududiga o‘tgani uchun olib tashlangan.
Manba: xabardor.uz