Jamiyat | 15:21 / 06.04.2016
4725
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zga sayyoralik” akulaning siri aniqlandi

Meksika qirg‘oqlarida g‘aroyib ko‘rinishdagi pushtirang baliq tutib olishgan edi. Bu mahluqot bir qarashda o‘zga sayyoralikka ham o‘xshab ketadi. Nihoyat, olimlar uning “shaxsi”ni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ko‘zlari kelgindinikidek, rangi och pushti, koptokdek shishgan bu baliq akula turiga mansub ekan.

AQSh va Meksikaning Tinch okeani qirg‘oqlarida shishish xususiyatiga ega akula (Sephaloscyllium ventriosum) kun ko‘radi. U xavf tug‘ilganda katta miqdorda suv yutib, o‘z hajmini kattalashtiradi va shu yo‘l bilan dushmanini cho‘chitishga urinadi.

Ushbu turning normal vakillari sarg‘ish-jigarrang tusga ega, tutib olingan mahluqcha esa albinizm yoki leykizm tufayli shunday rangga “musharraf” bo‘lgan.

Lekin uni o‘z rangidan tashqari boshqa jihatlari ham ajratib turibdi, uning jabralari 5-7 ta emas, balki 3 tagina.

Baliqchilar uni okeanga qaytarib qo‘yib yuborishgan