Jahon | 15:36 / 14.04.2016
1789
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Turkiyani Rossiyaning do‘sti deb bilishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘zining an'anaviy "bevosita muloqot"ida dunyoning aksar davlatlari bilan do‘stona munosabatlar haqida fikr yuritdi.

«Biz dushmanlar qurshovida qolmaymiz, biz jahonning aksar davlatlari bilan ijobiy aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz», — degan prezident Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shni davlatlar bilan ham do‘stona munosabatlarni olib boradi.

«Hatto Turkiyani ham do‘stimiz deb bilaman. Turk xalqi esa, bizga nisbatan do‘stona kayfiyatdadir», — deb qayd etgan Rossiya rahbari.

Biroq, Putinning fikricha, Rossiya ayrim davlat arboblari bilan muloqotda muammolarga duch kelmoqda.

«Biz keskin harakatlarsiz ishlamoqdamiz. Ammo, nodo‘stona kayfiyatlarga qarshi choralar ko‘rishga majburmiz. Aks holda, o‘z izmiga solib olishadi, bunday holatlar tarixda ko‘p bora takrorlangan. Endi bunday voqealarning qayta ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Lekin, manfaatlarimizdan kelib chiqib, barcha hamkorlarimiz, xususan, qo‘shnilarimiz bilan aloqalarimizni rivojlantiramiz», — deb ta'kidlagan Vladimir Putin.