Jamiyat | 19:25 / 18.04.2016
2157
2 daqiqa o‘qiladi

Tohir Malik: Ba'zi ashulachilarning qorni og‘riyotganga o‘xshaydi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik “Darakchi”, “Sabo” gazetasi, shuningdek, feysbuk sayti orqali bir so‘z bilan hozirgi shou biznes vakillariga kutilmagan ta'rif berdi.

Tohir Malik: — “Men yomon kayfiyatni yengishga harakat qilaman. Har bir odamning bu boradagi uslubi o‘ziga xos bo‘ladi. Ko‘nglim og‘rigan paytda televizordagi yaxshi narsalarni ham ko‘rgim kelmaydi. Shunda ashulachilarning kliplarini ko‘raman. Ha, aynan ko‘raman. Ovozlarini o‘chirib qo‘yaman. Chunki ashulalarining so‘zlarini eshitsam, tepa sochim tikka bo‘lib ketadi. Ovozni o‘chirib, ularning harakatlarini ko‘rsam, kulgim keladi. Siz ham bir tajriba qilib ko‘ring. Ba'zilarida xuddi hayvonot bog‘ida ochiq eshiklar kuni o‘tkazilayotganga o‘xshaydi. Ba'zi ashulachilarning qorni burab og‘riyapti-yu, hojatxona eshigi oldida navbat kutib qiynalayotganga o‘xshaydi...”