Jamiyat | 17:03 / 20.04.2016
2418
2 daqiqa o‘qiladi

Nyusha qirg‘izistonlik bolaning sog‘ayishi uchun xayriya qildi

Rossiyalik qo‘shiqchi Nyusha qirg‘izistonlik Aydar Umaraliyevga 300 ming rubl (taxminan 13 million so‘mdan ortiqroq) ehson qildi. Bu haqda Sputnik Kyrgyzstan xabar qildi.

Bu ma'lumotlarni Moskvada yashovchi Jildiz Osmanova, bolaning onasiga tayanib tarqatgan. Unga ko‘ra, qo‘shiqchi Aydarning davolanishi uchun 300 ming rubl xayriya qilgan.

Bundan tashqari, artist Instagram sahifasida o‘z muxlislaridan ham bolakayga moddiy yordam qo‘lini cho‘zishlarini so‘rab murojaat qilgan.

Aydar Umaraliyev 1,5 yoshda. U miya suyagi saratoni bilan og‘rigan. Bola tirik qolishi uchun unga yetti million dollarlik miya suyagi o‘tkazish jarrohlik amaliyoti talab etiladi.

Bolaning qarindoshlariga ko‘ra, zarur mablag‘ yig‘ilgan va ular barcha ko‘mak berganlardan judayam minnatdor.

Hozir Aydar va uning onasi Rogachyova nomidagi Moskva klinikasida. Yaqin kunlarda u jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi. Keyin reabilitatsiya davriga ham katta miqdorda pul kerak bo‘ladi.