OAV: Mitsubishi’ning yana 10ta modeli yoqilg‘i sarfi qasddan kamaytirilgan
Yaponiyaning Mitsubishi Motors kompaniyasi ishlab chiqaruvchi yana 10ta modelning yoqilg‘i sarfiga oid ko‘rsatkichlari qasddan kamaytirib ko‘rsatilgan. Bu haqda Kyodo agentligi, sohadagi vaziyatdan xabardor manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
"Yoqilg‘i sarfiga oid sinovlarni o‘tkazishda belgilangan talablarni buzish hollari yana o‘nta modelga ham tegishli ekani aniqlandi, Pajero ham shular jumlasidan", — degan agentlik manbasi.
Yapon avtokonserni mojaro markazida bo‘lib qolishiga, Mitsubishi o‘zi ishlab chiqqan bir qator avtomobillarning texnik tasniflarini o‘zgartirgani fosh etilgani sabab bo‘ldi. 20 aprel kuni kompaniya prezidenti Tetsuro Aikava qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini tan olgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar 5-10 foizga o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtgacha, Yaponiyaning o‘zida 625 ming shunday avtomobil sotilgan.
Transport vazirligi, o‘z navbatida, Mitsubishi Motors rahbariyatidan, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar xususida batafsil hisobot berish, boshqa kompaniyalardan esa, xuddi shunday holat mavjud emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida takroriy sinovlar o‘tkazish va 18 maygacha natijalarni taqdim etishni talab qildi.