Jahon | 09:06 / 22.04.2016
1674
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya "stels" texnologiyasiga ega qiruvchi samolyotining birinchi parvozini o‘tkazdi

Yaponiya "stels" texnologiyasiga ega birinchi qiruvchi samolyotining sinov parvozini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Yaponiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Advanced Technology Demonstrator X deb nomlangan samolyot Nagoyadagi aeroportdan havoga ko‘tarildi va Gifu prefekturasidagi harbiy-havo bazasigacha uchib bordi.

Ta'kidlanishicha, yangi qiruvchi samolyotning fyuzelyaji uzunligi 14 metrni, qanotlari qulochi esa 9 metrni tashkil qiladi.

Yaponiya tarixidagi birinchi milliy stels-samolyotini Mitsubishi Heavy Industries mashinasozlik kompaniyasi yaratdi.

Samolyotni yaratish loyihasi 2009 yilda boshlangan va ayni vaqtda Yaponiyaga 335 mln dollarga aylandi.