Jamiyat | 15:43 / 12.05.2016
2872
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy janubidagi YTH tufayli 8 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubidagi Guansi-Chjuan avtonom tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tufayli 8 kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.
Mahalliy hukumat vakillari ma'lumotiga ko‘ra, dehqonlar mingan yuk mashinasi yo‘lda ag‘darilib ketgan. Hodisa joyida 3 kishi halok bo‘lgan, qolganlar shifoxona yo‘lida yoki shifoxonada jon bergan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.