Jamiyat | 11:53 / 12.05.2016
6412
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko va Berdimuxamedov yomg‘ir yog‘ib turgan vaqtda archani sug‘orishdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Belarusga tashrifi vaqtida faxriy mehmonlar uchun tashkil etilgan xiyobonda archa o‘tqazgan. Bu haqda «BelTA» xabar tarqatdi.

«Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Mustaqillik saroyi hududidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga archa o‘tqazdi», — deyiladi Belarus davlat axborot agentligi xabarida.

Archani o‘tqazish marosimida ikki davlat rahbari ishtirok etgan.

Bu jarayon tasvirlangan fotosuratda mezbon Aleksandr Lukashenko Turkmaniston rahbari bilan birgalikda o‘tqazilgan archaga suv quyayotgani tasvirlangan.

Bu vaqtda esa yomg‘ir quyib turgan va prezidentlarni ortda turgan qo‘riqchilar yomg‘irdan himoya qiluvchi soyabon tutib turishgan.

Bu surat internetda tarqalgach, ko‘pchilik foydalanuvchilar prezidentlarning yomg‘ir vaqtida archani sug‘organiga istehzo bilan munosabat bildirishgan.