Jamiyat | 19:07 / 15.05.2016
4784
1 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi jahon urushi faxriysi 96 yoshida universitetni bitirdi

Ikkinchi jahon urushi faxriysi, ayni vaqtda 96 yoshda bo‘lgan Alfonso Gonsales Janubiy Karolina universitetining eng katta yoshli bitiruvchisiga aylandi. U 1953 yilda diplomini qo‘lga kiritishi kerak bo‘lgan, ammo u urush tufayli o‘qishni tamomlay olmagandi.

Gonsales dengiz piyodalari qismida 1945 yili Yaponiya bilan janglarda ishtirok etgan.

88 yoshida u o‘qishini tiklashga qaror qilgan. Natijada bu yil u o‘qishni tamomlashga va diplom olishga muvaffaq bo‘lgan.