Jamiyat | 12:52 / 17.05.2016
4047
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik erkak yo‘lovchilarga hujum qildi va maktabga o‘t qo‘ydi

Pichoq bilan qurollangan xitoylik Xitoy sharqidagi Guanjao tumanida (Shandun viloyati) 3 nafar o‘tkinchi yo‘lovchiga hujum qilgan va shu hududdagi maktabni yoqib yuborgan. Bu uyezdga qo‘shni bo‘lgan Shanjao uyezdi (Tszyansi viloyati) politsiyasi xabariga ko‘ra, bu hujumlar tufayli 2 kishi halok bo‘lib, 5 kishi jarohatlangan.

Huquq-tartibot organlari ma'lumotiga ko‘ra, 16 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da bu shaxs 18 yoshli qizgsha pichoq bilan zarba bergan va jabrlanuvchi voqea joyida jon bergan.

6 soat o‘tganidan keyin u shu tumandagi o‘rta maktab binosiga o‘t qo‘ygan. Natijada, bino ichidagilardan biri halok bo‘lib, uch kishi jarohatlangan.

Yana 40 daqiqa o‘tib esa, u boshqa bir maktabga borgan va iqtidorli bolalar maktabidagi 2 o‘quvchini jarohatlagan. U hodisa joyidan qochib ketgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qiluvchi 26 yoshli Shi Tszyunfen hisoblanadi. Guanjao hukumati u joylashgan joy haqidagi ma'lumot uchun 50 ming yuan (7,7 ming dollar atrofida) miqdorida mukofot tayinlagan. Uni tutib hukumatga topshirganlik uchun esa 200 ming yuan miqdorida mukofot beriladi (30,7 ming dollar).