Jamiyat | 12:20 / 17.05.2016
7149
1 daqiqa o‘qiladi
Orlando Blum Keti Perri bilan Abramovichning yaxtasida sayr qildi
Rossiyalik biznesmen Roman Abramovichning yaxtasida britaniyalik aktyor Orlando Blum va amerikalik qo‘shiqchi Keti Perrini ko‘rishgan. Bu haqda Daily Mail xabar qildi. Badavlat rusning Eclipse kemasi hozir Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib turibdi.
Nashr xabariga ko‘ra, bu hashamdor yaxtaning bir kunlik ijarasi 175 ming funt sterling.
O‘ta qimmat bahosiga qaramay, Eclipse bortidan mashhurlar va badavlatlar arimaydi. Blum va Perri ham o‘zlari uchun Kannda romantik uchrashuv tashkil qilgani aytilgan.