Kevin Speysi bilan bir kun uchun 500 ming yevro to‘landi
Amerika OITS tadqiqotlari fondining xayriya auksionida Hollivud aktyori Kevin Speysi bilan bir kunni o‘tkazish imkoni 500 ming yevroga sotildi. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar berdi.
Savdo Fransiyadagi Moviy Sohilda o‘tkazildi.
Speysi bilan bir kun imkonini qo‘lga kiritgan kishi "Kartali uy" serialida statist sifatida suratga tushishi mumkin.
Bu siyosiy teleshouda Speysi bosh rolni ijro etadi.
Xayriya savdolarining yana bir loti aktyor Edriyen Broudining surati bo‘ldi. Tasviriy san'at namunasi 450 ming yevroga sotildi.
Bundan avval Leonardo Di Kaprio o‘z uyida bir haftalik hordiq chiqarish imkonini 300 ming yevroga sotgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu pullarni to‘lagan kishi aktyorning Palm-Springsdagi hashamatli uyida bir hafta yashashi mumkin. Bu paytda Di Kaprio uyda bo‘lmaydi.