Jamiyat | 15:52 / 21.05.2016
6797
2 daqiqa o‘qiladi

Ingliz-Amerika aktyori Alan Yang 97 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Uolt Disney studiyasining "O‘rdak sarguzashtlari" multfilmida Skruja Makdak qahramoniga ovoz bergan aktyor Alan Yang, 100ga kirishiga 3 yil qolganida hayot bilan vidolashdi, deb yozmoqda The Hollywood Reporter jurnali.

Yang 19 may kuni Beverli-Xillzdagi uyida o‘z ajali bilan vafot etgan. 

Alan Yang Skruja Makdakka 1974 yildan ovoz berib kelgan. Disneydagi ishidan tashqari, Yang shuningdek, boshqa televizion loyihalarda ham ishtirok etgan. 

Alan "Tez yordam", "Qotillikni u yozgan edi" kabi ko‘plab serillarda rollarni ijro etgan. Amerikaning 60-yillardagi mashhur komedik seriali "Janob Ed"dagi roli unga mashhurlik olib kelgandi. 

Yang ikki marotaba "Emmi" mukofotiga tavsiya qilingan, 1951 yilda mazkur mukofotning "eng yaxshi aktyor" nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan edi. 1950 yilda, Amerikaning TV Guide jurnali Yangni "Televideniya Charli Chaplini" deb atagandi.