Jamiyat | 21:29 / 23.05.2016
4302
1 daqiqa o‘qiladi
Yoqutistonda jarroh WhatsApp orqali tashxis qo‘ygani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda
Saxa respublikasi prokuraturasi (Yoqutiston) Nama tumani shifoxonasi xodimiga nisbatan tekshiruv boshlagan.
Aniqlik kiritilishicha, prokuratura tibbiyot muassasasida xodimlardan birining qonunchilikni buzishi holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan. Ma'lum qilinishicha, shifoxonaga 2005 yilda tug‘ilgan bola keltirilgan. Shifokorlar uning qo‘li singanini taxmin qilishgan va navbatchilikda bo‘lgan jarrohni kutishgan. Lekin u kelmagan.
"Singan qo‘l" tashxisi hamshira shifokorga rentgen suratlarini WhatsApp messenjeridan foydalanib jo‘natishi orqali qo‘yilgan.
Ayni vaqtda shifoxona rahbariyati tekshiruvda bo‘lib turibdi.