Hindistonda non mahsulotlari tarkibi tekshirilmoqda
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda sotilayotgan non-bulochka mahsulotlari tarkibida kanserogenlar borligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tekshirmoqda. Bu haqda NDTV telekanaliga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
“Fan va atrof-muhit markazi” nodavlat tashkiloti shu mazmundagi surishtiruv natijalarini chop etgach, vazirlik tekshiruv o‘tkazishga qaror qildi. Markaz tadqiqotchilari tahlil uchun Hindistonning 38 ta kompaniyasi, jumladan, yirik tarmoq restoranlari mahsulotlaridan foydalandi hamda ularning tarkibida kaliy bromat va kaliy yodad mavjudiligini tekshirdi.
“84 foizdan ortiq namunalar tarkibida ushbu birikmalar borligi aniqlandi. Har kuni ikki bo‘lak shunday non istemol qilish oshqozon osti bezi xastaligi yoki saratonga chalinish xavfini orttirish uchun yetarli”, - dedi tashkilot direktori o‘rinbosari Chandra Bxushan.
Ikkala birikma ham unga qo‘shiladi. Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ulardan foydalanish xavfli ekani to‘g‘risida bayon qilgach, dunyoning 40 mamlakati ushbu amaliyotni bekor qildi, lekin Hindistonda bunday taqiq kiritilmagan.
“Men o‘z ishchilarimga ushbu vaziyat to‘g‘risida hisobot berish turishni topshirdim. Vahimaga asos yo‘q. Tez orada biz hisobotni e'lon qilamiz”, - dedi Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Jagat Pradesh.
Butun Hindiston non ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi kaliy bromat hamda kaliy yodatlarni ma'lum miqdorda qo‘llash ruxsat etilgani, chegaralangan miqdorda ishlatish “xavfsiz hisoblanishi va AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarda keng foydalanilishi” to‘g‘risidagi murojaatnoma bilan chiqdi.
Financial Express nashriga ko‘ra, tadqiqotda nomlari tilga olingan Britannia Industries, Westlife Development va Jubilant FoodWorks kabi kompaniyalar aksiyalari seshanba kuni ikki foizdan 10 foizgacha tushib ketdi.