O‘zbekiston | 10:38 / 28.05.2016
19209
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi IIB boshliqlari o‘zgardi
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri buyrug‘iga asosan podpolkovnik Ashiraliyev Javkan Tayirovich Samarqand viloyati Nurobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, mayor Kenjayev Davron Tursunovich Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda “Postda” gazetasida e'lon qilingan.