Jahon | 16:09 / 31.05.2016
7091
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya Donbassni tashlab qo‘ymaydi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukrainaning janubi-sharqini tashlab qo‘ymasligi hamda har tomonlama uni qo‘llab-quvvatlayotgani ma'lum qildi. Bu haqida u «Komsomolskaya pravda» saytidagi jonli efirda xabar qildi.

"Birinchidan, biz Ukrainaning janubi-sharqini tashlab qo‘ymaymiz, u haqida unutganimizcha yo‘q, aksincha biz bu mintaqani nafaqat siyosiy jihatdan, balki boshqa tomonlardan ham qo‘llab-quvvatlayapmiz", - ta'kidladi vazir. 

Lavrov Rossiya Donbassni qaysi sohalarda qo‘llayotganiga alohida to‘xtaldi: gumanitar yordam, joriy iqtisodiy masalalar, shuningdek mintaqadagi yashash tarziga doir muammolar yechimi.

Shu bilan bir qatorda u Rossiya Federatsiyasi Angliya, Fransiya va Germaniya hal qilishni zimmasiga olgan muammolar yechimi bilan ham shug‘ullanayotganini qo‘shimcha qildi. 

"Biz yuqorida qayd etilgan barcha muammolarni hal qilmoqdamiz va bundan keyin ham yordamimizni ayamaymiz", - deya ta'kidladi Rossiya TIV rahbari.