Jahon | 17:43 / 03.06.2016
8885
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiya musulmon ayollarga ishda ro‘mol o‘rash huquqini bermoqchi

Belgiya hukumati, sud orqali musulmon ayollarga, ish joylarida ro‘mollarini o‘rashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, deb yozgan L'Echo nashri. 

Xabar qilinishicha, Antverpen sudi, shahar fuqarosi Samira A. ga nisbatan ziddiyatli qaror chiqargach, Belgiya hukumati shunday xulosaga kelgan. Ayol  korxona rahbariyatining, ish vaqtida ro‘mol o‘ramaslik to‘g‘risidagi talabini bajarishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng, u ishdan haydalgan. 

Shahar sudi esa, korxona rahbariyatining qarorini qonunchilikka mos topgan. 

Biroq, deb yozadi gazeta, Belgiya hukumati, bu voqeada kamsitishni ko‘rgani bois, o‘z advokatini YeIning Lyuksemburgdagi sudiga yuborgan. Endilikda YeI sudi, Antverpen sudi qarori yuzasidan xulosasini chiqarishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh sudi, ish joyida diniy kamsitilgan musulmon ayolga 5 mln dollar miqdorida tovon puli to‘lash xususida qaror chiqargan edi.