Jahon | 18:55 / 03.06.2016
4171
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya TIV: Turkiya elchisi qachon qaytishi noma'lum

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Savsan Cheblining xabar berishicha, vazirlikdagilar Turkiyaning Berlindagi elchisi qachon qaytib kelishidan xabardor emas.

"Biz kecha shunday ma'lumot oldik... elchi maslahatlashuv uchun Anqaraga qaytarilgan. Qachonki u Berlinga qaytib kelsa, vaziyat oydinlashadi va biz sizga bu haqda xabar beramiz", deya vakilning so‘zlarini keltirali RIA Novosti.

Cheblining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya TIV Turkiya tomonidan bildirilgan munosabat keskinligini qayd etadi, ammo vazirlikdagilar Turkiya bilan aloqalar saqlanib qoladi deb hisoblaydi.

Bundestag deputatlari 2 iyun kuni 1915 yilda Usmonlilar imperiyasida armanilarning deportatsiya qilinishini genotsid deb tan olish yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi.

«1915–1916 yillarda Usmoniylar saltanatida armanilar va boshqa xristian ozchiliklarning genotsidi xotirasiga» deb atalgan hujjat qabul qilinishidan keyin Turkiya Germaniyadan elchisini chaqirib oldi.