Jahon | 09:37 / 04.06.2016
14607
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Klintonning Trampdan tavofuti ancha oshdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod demokratchi Xillari Klintonning respublikachi nomzod Donald Trampdan farqi ancha oshdi. Bundan so‘rovnoma ma'lumotlari darak bermoqda.
So‘rovnomaga ko‘ra, AQShning sobiq Davlat kotibini hozirda 46 foiz saylovchilar, Nyu-yorklik milliarder Trampni esa 35 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. So‘ralganlardan 19 foizi na Klintonga, na Trampga ovoz berishga tayyor emasliklarini bildirganlar.
AQSh prezidenti saylovlari 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Iyulda demokratlar va respublikachilar milliy konventlar o‘tkazishadi, ularning yakunlariga ko‘ra partiyalardan prezident lavozimiga nomzodlar tanlanadi.