Ruhoniylar Tbilisidagi rok-festivalni barbod qilishdi
Tbilisidagi Tbilisi JAM! musiqa festivali bir guruh ruhoniylar tomonidan barbod qilindi. Ularga festival o‘tayotgan ochiq maydondan cherkov va qabristongacha tarqalayotgan baland rok-musiqa ovozi yoqmagan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ruhoniylar norozilik bildirishi bilan birga festivaldagi qurilmalarga elektr toki uzatilishi to‘xtab qolgan. Kontsert tashkilotchilari elektr tokini ruhoniylar uzib qo‘ygan deb gumon qilmoqdalar.
"Juda yoqimsiz va sharmandali vaziyat yuz berdi. Ha, festival ruhoniylar tomonidan barbod qilindi deb aytish mumkin, batafsil ma'lumotni keyinroq beramiz", deb aytdi festival tashkilotchilaridan biri.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, voqea joyiga kelgan politsiya ruhoniylar tomonini olgan. Politsiya musiqachilar va tomoshabinlarni tarqalishga majbr qilgan. Festival deyarli boshlanishi bilanoq yakunlangan.