iPhone'ning yashirin xususiyatlarini o‘rganamiz
Apple iPhone’dan foydalanish imkoniyatlarini biroz chegaralasa-da, xitoylik hunarmandlar smartfonning yangi qobiliyatlarini ochishga imkon beruvchi chinakam mo‘'jizalar yaratishmoqda. Ni-news nashrining GearBest bilan hamkorlikda tayyorlagan maqolasida qimmatbaho va hashamdor gadjyetdan yana qanday zavq olish mumkinligi to‘g‘risida hikoya qilinadi. Murakkab «ayfon»dan charchab, Android smartfonlarga o‘tishni rejalashtirganlar bu maqolani o‘qib yana bir bor o‘ylab ko‘rishligi tavsiya qilinadi.
Bizga ma'lumki, ba'zi Android smartfonlarini televizor va boshqa uskunalar uchun universal masofaviy boshqaruv pulti sifatida ishlatish mumkin. Agar siz Jakcon deb ataluvchi kichik qurilmadan foydalansangiz va App Store’dan maxsus dasturni o‘rnatib olsangiz, sizda ham iPhone va iPad uchun yuqoridagi kabi funksiya paydo bo‘ladi. Mazkur adapter quloqchinlar uchun mo‘ljallangan 3,5 millimetrli teshikka o‘rnatiladi va u portni chang va namlikdan himoya qiladi.
NeeCoo aksessuari iPhone’da Android bazasida ishlovchi smartfonlardan aynan ikkitali sim-kartaga ulanish imkoni bilan tubdan farq qiluvchi yana bir funksiyani bajaradi. Ikkinchi «simka»ni mazkur qulay qutiga soling, iPhone’ning maxsus dasturini o‘rnating va Bluetooth orqali aksessuarga ulaning. Yoqimli bonus: NeeCoo’dan shuningdek, suratlar olish uchun masofaviy bosish tugmasi sifatida foydalanish mumkin.
iPhone’ga fleshka qo‘yib bo‘lmaydi, deya do‘stlaringiz ustingizdan kulashadimi? Aslo ranjimang! iFlashDrive aksessuari tufayli iPhone yoki iPad’dagi ichki xotirani 64 gigabaytga kattalashtirishingiz mumkin. Agar qandaydir filmlar yuklab olishni istasangiz, qo‘shimcha imkoniyat mazkur holatda ayni muddao.
Agar vaqt o‘tishi bilan iPhone’dagi sim-kartangizni boshqa qurilmaga qo‘yishni istasangiz, biroq standartlarning mos kelmasligi bunga yo‘l qo‘ymasa, bu muammoning ham yechimi topilgan. NOOSY adapteri sevimli nanoSIM’ni olib, uni istalgan telefon — hattoki Nokia 3310 ga ham qo‘yishingizga imkon beradi.
Mazkur aksessuar Nobel mukofotiga sazovor bo‘lmagan bo‘lsa-da, jiddiy olqishlarga munosibdir. Bir tomoni Lightning’li zaryadka kabeli, boshqa tomonida USB o‘rnatilgan qo‘l bilakuzugi — juda ajoyib g‘oya, shunday emasmi? Endi doim o‘zingiz bilan uzun simli ulagichlarni ko‘tarib yurishingizga to‘g‘ri kelmaydi: iPhone yoki iPad’ni quvvatlash uchun yaqindagi USB-portni topish kifoya.
Yana bir kerakli aksessuar nafaqat Apple qurilmalari egalariga, balki boshqa mobil gadjyet foydalanuvchilariga ham as qotadi. Oltita USB portiga ega 60 Vattli adapter bilan butun boshli qurilmani zaryadlash imkoni mavjud. Narxi ham hamyonbop bo‘lgan bu uskuna uy xo‘jaligida, albatta, kerak bo‘ladi.