Light | 04:11 / 12.06.2016
20670
3 daqiqa o‘qiladi

Taraqqiyotdan olis orollar

Zamonamiz kishisini sayohatlar bilangina ajablantirib bo‘lmaydi. Saqlab qo‘ygan pulingiz bo‘lsa, xohlagan joyingizga borishingiz mumkin. Sayyoramiz shu qadar kattaki, uning uzoq burchaklariga faqat maxsus davlat ekspeditsiyalarigina bora oladi. Mana masalan, taraqqiyotdan ancha uzoqda bo‘lgan 7ta orol zamonaviy Robinzon Kruzo uchun ajoyib uy bo‘lardi.

Tromelin

Fransiya
Mitti fransuz oroli Madagaskardan 450 kilometr narida joylashgan. U dengiz sathidan atigi 7 metr balandlikda - okeanshunoslarning ta'kidlashicha, yana 20 yillardan so‘ng orol butkul suv ostiga g‘arq bo‘ladi. 

Pitkern

Buyuk Britaniya
Ellik nafar orolliklarning barchasi 1790 yilda savdo kemasida shu yerlarga kelib qolgan isyonchilarning avlodlaridir. Ularga qandaydir yo‘llar bilan quvnoq tayliklar ham qo‘shilib qolgan.

Kokos orollari


Avstraliya
Yavadan ming kilometr hamda Avstraliya qirg‘oqlaridan ikki ming kilometr masofada joylashgan Kokos orollari 600 ming kishi joylashib olgan 27ta marjon atollar to‘plamini o‘zida mujassam etgan. Bu atollar Charlz Darvinga evolyutsiya nazariyasini tasdiqlashda ko‘pdan-ko‘p yordam bergan.  

Muqaddas Georg orollari 


Amerika Qo‘shma Shtatlari
Bu yerda eng katta Aleutlar jamiyatlaridan biri mag‘rur hukm suradi. Umuman olganda, hindularni bu yerlarning haqiqiy egasi deyish qiyin: tyulenlar to‘dasi va ikki million dengiz qushlari bu nomga ko‘proq loyiqdir. 

Ayiq oroli


Norvegiya
Svalbard arxipelagining eng janubiy oroli Norvegiya yerlarida haqiqiy qo‘rg‘ondek ko‘rinadi. Bu yerda deyarli hech kim yo‘q: 178 kvadrat kilometr yerda faqatgina mahalliy meteostansiyaning 20 nafarcha almashib turuvchi xodimlari mavjud.

Floreana


Ekvador
Floreana - Galapagos orollarining bir qismi hisoblanadi. Bu kichik quruqlik yeri Ekvadordan yuz kilometr masofada joylashgan. Floreanning aholisi atigi yuz kishidan iborat, bu yerda bitta telefon va yilda bir marta odam keladigan bitta mehmonxona bor.

Makkuori


Avstraliya
Agar siz pingvinlarni yaxshi ko‘rsangiz, unda Makkuori - orzuingizdagi orol. Orolcha Yangi Zelandiyadan ming kilometr masofada joylashgan. Makkuori orolchasi Tasmaniya hukumati nazorati sotidadir. Unda taxminan ellik nafar kishi yashaydi.