Iroq armiyasi Al-Falluja markazida nazorat o‘rnatdi
Iroq qurolli kuchlari IShID jangarilarini chekintirib, Al-Falluja shahri markazidagi ma'muriyat binosida nazorat o‘rnatdi. Bu haqda La Republicca xabar tarqatdi.
Iroq armiyasi generalining so‘zlariga ko‘ra, binoda mamlakat bayrog‘i o‘rnatilgan. Bino deryali yaroqsiz holga kelgan.
Ayni vaqtda shaharning boshqa tumanlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Bundan oldinroq, IShID jangarilari shaharni tashlab qocha boshlagani haqida xabar berilgandi.
Al-Falluja Iroq poytaxti Bag‘dod shahridan 65 km g‘arbda joylashgan tarixiy shahar bo‘lib, aholisi sunniy mazhabiga e'tiqod qiladi. Jangarilar 2014 yilda Iroq hududida ilk marta ushbu shaharni ishg‘ol qilishgandi.
Iroq armiyasi bu shaharni qaytarib olish uchun may oyida harakat boshladi, biroq shahar aholisi hayoti xavf ostida ekani tufayli bu jarayon kechikishlar bilan davom etdi.