Fan-texnika | 00:03 / 01.07.2016
11572
2 daqiqa o‘qiladi

Tezlik bo‘yicha oltita rekord o‘rnatgan avtomobil sotuvga qo‘yildi

duPont Registry saytida Buick Super Riviera’ning 1952 yilda «Bombshell Betty» nomi ostida ishlab chiqarilgan poyga avtomobili sotuvi e'loni paydo bo‘ldi. Ushbu mashina Bonnevil ko‘lida (AQSh, Yuta shtati) har yili o‘tkaziladigan Hafta tezligi musobaqasining olti karra chempioni hisoblanadi.

Poyga avtomobili 2008 yilda amerikalik haykaltarosh Jyeff Brok tomonidan sotib olindi va Buick Super Riviera bazasida bunyod etildi. Mashina karkaslari po‘latdan ishlangan bo‘lib, sakkiz silindrga ega 5,2 litrli, 340 ot kuchiga teng motor bilan jihozlangan.

Avtomobil 2009 yilda ilk bor Bonnevil musobaqasida qatnashdi va XO/GCC sinfida (yangilangan kupe va benzin dvigatelli sedan) tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi. O‘shanda «Byuik»ning tezligi soatiga 130,838 milga (210,5 kilometr) chiqdi.

2014 yilda «Bombshell Betty» fotosuratchi Piter Likka sotildi. Hozir uning narxini 195 ming AQSh dollari etib belgilashgan. Unga qo‘shib barcha musobaqalar kubogi va rekord o‘rnatgani haqidagi hujjatlar taqdim etiladi.