Jamiyat | 21:16 / 12.07.2016
12642
1 daqiqa o‘qiladi

Google translate'ga ishongan xitoyliklar «qovun tushirishdi»

Rossiyaning Yekaterenburg shahrida «Innoprom-2016» nomli Rossiya-Xitoy korxonalarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda aytarli muhim savdolar bo‘lmadi, lekin ba'zi stendlar ko‘pchilikning e'tiborini tortdi.

Xitoylik ishbilarmonlar mahsulotlarga xitoycha va ruscha tagso‘zlar tayyorlab kelishgan. Undagi ruscha tarjimalar o‘xshovsiz chiqqan. 

Ura.ru sayti muxbirlari ko‘rgazmadagi xatolarni tahlil qilgan va ular Google translate'da tarjima qilingan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashgan.

Ko‘rgazmada jumladan shunday g‘alati tarjimalar bor: «...ichki mongoliya xodorkovskiy burchaki...».

Shuningdek, «taktik himoyalangan yechim jumlasi» «Yechimning taktik himoyasi» deb tarjima qilingan.